
“Ufa” klubi bosh murabbiyi Aleksey Stukalov bugun bo‘lib o‘tgan “Paxtakor”ga (1:1) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda biz shamolga qarshi o‘ynadik, natijada raqib hududiy ustunlikka ega bo‘ldi, bundan tashqari, o‘yinni to‘g‘ri qura olmadik. Ikkinchi bo‘limda, aksincha, biz hamma narsani to‘g‘ri qildik, raqibni o‘z darvozasi tomonda ushladik. Yagona narsa o‘zimiz yaratgan imkoniyatlarni golga aylantirish edi”, - dedi Stukalov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar