AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klub matbuot xizmatining bugun Superliganing yangi mavsumiga tashlanadigan qur’asi, chempionlik uchun kurash kimlar ishtirok etishi va o‘tayotgan yig‘in to‘g‘risidagi mavzulari bo‘yicha savollariga javob qaytardi.
«Hech qachon raqib tanlamaganman. Baribir mavsum davomida barcha o‘zaro o‘ynaydi. Shu boisdan ham 1-turda kim bilan tushishni farqi yo‘q. Muhimi, chempionatni yaxshi boshlab olish kerak.
Haqiqatdan ham bu yil ko‘plab jamoalar kuchayishmoqda. Ayniqsa 3-4 ta jamoa ancha kuchaydi. Transferlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, «Nasaf», «Paxtakor», «Navbahor», «Neftchi», «Qizilqum» va «So‘g‘diyona» jiddiy kuchaydi. Bu yili 6-7 jamoa yuqori o‘rinlar, shuningdek chempionlik uchun jiddiy kurashadi. Bundan tashqari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga 10dan ziyod jamoalarimiz jiddiy e’tibor qaratib, Antaliyada taraddud ko‘rishmoqda. Bu ham o‘z-o‘zidan jamoalar yangi mavsumga jiddiy taraddud ko‘rayotganidan dalolat.
Yig‘in ko‘ngildagidek o‘tmoqda. Futbolchilarning jismoniy holati me’yoriga kelmoqda. Lekin hali o‘yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak. Qolaversa pozitsiyalarni kuchaytirishimiz zarur. Chunki o‘tgan mavsumga qaraganda asosiy tarkib futbolchilaridan 6-7 nafari jamoadan ketdi. Ularni o‘rnini to‘ldirish va o‘zaro o‘yin tushunchasini xosil qilish uchun vaqt talab etiladi. Shu jihat biroz muammo keltirib chiqaradi. Yangi futbolchilar meni falsafamni tushunishi va anglab, o‘yinni to‘liq shakllantirib olishimiz uchun ma’lum vaqt ketadi. Umid qilamanki, yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishadi» - deya o‘z fikrlarini bildirdi Mirjalol Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"