Mashhur uefa.com sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov haqida intervyu shaklida katta maqola e’lon qildi. O‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga ushbu materialni havola etamiz.
Eldor Shomurodov O‘zbekistonda milliy qahramon darajasiga ko‘tarilgan. Mohir hujumchi katta bo‘lmagan Jarqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan, keyinchalik “Rostov”da o‘ynadi va hozir Joze Mourinoning “Roma”si sharafini himoya qilmoqda.
- Siz katta bo‘lmagan Jarqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgansiz. Bolaligingiz haqida gapirib bering.
- Oilamizda ko‘pchilik futbol o‘ynagan. Bobom murabbiy bo‘lgan, otam, amakim futbol o‘ynagan. Shuning uchun bolaligimdan futbolga qiziqish bor edi. Jiddiy qiziqish. Yetti yoshimdan bolalar bilan stadionga mashg‘ulotlarga borardik. 12-13 yoshimda boshqa viloyatdagi “Mash’al” akademiyasiga borganman. U yerda futbol bilan professional darajada shug‘ullana boshladim. Keyinchalik “Bunyodor”ga chaqirishdi va bu jamoa tarkibida O‘zbekiston chempionatida o‘ynay boshladim.
- “Mash’al” akademiyasi birinchi qadam. U qanchalar qiyin bo‘lgan? Oilangiz qanday yordam berdi?
- Oilamdagilarning yordami katta bo‘ldi. Har doim, hatto mag‘lubiyatga uchraganimda ham qo‘llab-quvvatlashdi. Uydan ketganimda juda kichik yoshda edim va bu qiyinchilik tug‘dirardi. Yaqinlarimni sog‘inardim, lekin busiz iloji yo‘qligini bilardim. Uydagilar maqsadimni qo‘llab-quvvatlashardi. Men yashagan Muborak shahri yozda cho‘ldagidek jazirama bo‘ladi, qishda esa juda sovuq. Lekin u yerdagi akademiya zo‘r, murabbiylari ham. Futbolchilar uchun sharoitlar qulay, shuning uchun ham hammasiga chidab mehnat qilishga to‘g‘ri kelgan.
- Murabbiylaringiz Eldor Shomurodovning asosiy kuchi mentalitetida, deyishadi. Siz maqsad sari intiluvchan insonsiz. Siz doim Yevropa darajasiga chiqishni orzu qilganmisiz?
- “Mash’al”ning asosiy jamoasi o‘ynaganida biz to‘plarni uzatib turardik. O‘shanda menda shu darajada o‘ynash istagi paydo bo‘lgan. Tezroq ulg‘ayib, mana shu maydonda shu jamoa uchun o‘ynashni istardim. Jiddiy o‘yinlarda qatnasha boshlaganimdan keyin boshqa futbol muhitiga intilish uchun yanada ko‘proq o‘sishga erishishim kerakligini tushunib yetganman.
Uyga kelganimda doim Yevropa futbolini tomosha qilardik. Yaqinlarim ham men Yevropaga intilishim va o‘sha yerlarda o‘ynashim kerakligini ta’kidlashar edi. Mana shunday qilib, menda Yevropada o‘ynash orzusi paydo bo‘lgan. Shunga harakat qildim va buni uddaladim!
- Bolalikdagi kumiringiz kim edi?
- Dide Drogba va Fernando Torres. Men ularni yoqtirardim va har doim o‘yinlarini tomosha qilardim.
- “Chelsi”ga muxlislik qilasizmi?
- Shunday bo‘lgan. Hozir “Roma” fanatiman.
Davomi bor...
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda