15:53 / 15.02.2022
773

O‘FA, PFL va O‘zbekiston Futbolchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida muhim masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘FA, PFL va O‘zbekiston Futbolchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida muhim masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘FA, O‘zPFL va O‘zbekiston Futbolchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida futbolchilarning maqomlarini belgilash, transferlardagi muammolarini bartaraf etish va tartibga solish maqsadida reglament loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

Futbolchilarning manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy normativning yo‘qligi bir qator muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Mazkur yig‘ilishda aynan shu mavzuda so‘z bordi. Xususan, suhbat davomida futbolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qatnashgan sport huquqshunoslari bu borada taklif va fikrlarini bildirishdi. Mazkur qo‘mita, shuningdek, futbolchilarning boshqa klubga o‘tish vaqtidagi qiyinchiliklar va klub-futbolchi o‘rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishi ko‘zda tutilmoqda. Ayniqsa, shartnomalar borasidagi nizolarni bartaraf etish uchun xalqaro tajribani o‘rgangan holda maxsus palata tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Mazkur qo‘mita ustavi, vazifa va tuzilmasi navbatdagi yig‘ilishlarda qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA, PFL va O‘zbekiston Futbolchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida muhim masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi