
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Dastin Pore ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregor bilan to‘rtinchi jang haqida fikr bildirdi.
"Bizning Konor bilan tariximiz bor. Men yengil vaznda unga yutqazdim, oradan yetti yil o‘tib, uni ikki marta mag‘lub etdim. Men Konor bilan boshqa jang qilmayman. Bu jangni xohlamayman. Ushbu eshiklar men uchun yopiq.
Buni qilishimning yagona sababi puldir. Men ikki marta uni yengdim. Buni yana qaytara olamanmi? Agar buni qayta qilsam, faqat pul uchun bo‘ladi. Bu esa boshqa masala", - dedi Pore. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar