Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z hohishiga ko‘ra yozgan arizasini ko‘rib chiqish edi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan, R.Shobdurahmonov so‘nggi yillarda davlat rahbarining jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan ulkan e’tibori, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, yaratib berilayotgan sharoitlar, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi va buning uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdi.
O‘z navbatida R.Shoabdurahmonovning arizasi Ijroqo‘m a’zolari tomonidan qabul qilindi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi yig‘ilishda saylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi