11:37 / 19.02.2022
1 166

"Paxtakor" bugun Yevropaning nomdor jamoasiga qarshi o‘ynaydi

"Paxtakor" bugun Yevropaning nomdor jamoasiga qarshi o‘ynaydi
Turkiya yig‘ini doirasida so‘nggi nazorat bahsini "Paxtakor" Yevropaning nomdor klublaridan biri Ukrainaning "Dinamo"siga qarshi o‘tkazadi.

Kiyevliklar nafaqat MDH, balki butun Yevropadagi eng mashhur va sovrindor jamoalardan biri sanaladi. Klub hisobida turli musobaqalarda qo‘lga kiritilgan 70dan ortiq sovrinlar mavjud. "Dinamo" SSSR chempionatida 13 bor, SSSR Kubogida 9 marta va SSSR Superkubogida 3 bor g‘olib chiqqan. 1975 va 1986 yillarda UYEFA Kubok egalari Kubogida zafar quchgan. 1975 yil UYEFA Superkubogiga ham ega chiqqan.

Ukrainada 1992 yildan o‘tkazib kelinayotgan chempionatda 16 marta chempionga aylangan va 30 yil ichida faqat bir marta ikkinchi pog‘onadan pastga tushgan. Ukraina Kubogida 13, Superkubogida 9 karra g‘olibga aylangan. MDH Chempionlari Kubogida kiyevliklar 4 bor g‘olib bo‘lgan.

Jamoa safidan Yevropa darajasidagi yulduzlar yetishib chiqqan va haligacha "Dinamo" o‘z iqtidorli futbolchilarini kuchli chempionatlarga yetkazib berishda davom etmoqda. Jamoa Ukrainaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bosh murabbiy sifatida ruminiyalik Mircha Luchesku faoliyat ko‘rsatmoqda.

SSSR chempionati doirasida jamoalar o‘zaro 40 bellashuvda to‘qnash kelishgan. "Paxtakor" 7, "Dinamo" 23 bahsda g‘olib bo‘lgan, 10 o‘yinda durang qayd etilgan. 36 to‘p kiritgan "sherlar" 68 gol o‘tkazib yuborgan. MDH Kubogida 2008 yil kechgan bellashuvda Zayniddin Tojiyevning goli yutuq keltirgan.

"Paxtakor" va "Dinamo" Kiyev o‘rtasidagi o‘yin 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da Belekdagi "Mardan Palas" stadionida boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" bugun Yevropaning nomdor jamoasiga qarshi o‘ynaydi