
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va Xitoyning “Chunsin Lifan” klubi a’zsoi – Doston Tursunov jarohati sababli Italiyada operatsiya stoliga yotgani haqida ilgari xabar bergandik.
Ayni paytda futbolchi tiklanish mashqlarini bajaryapti. Rimda muolaja olgan paytida unga “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov ham yaqindan yordam ko‘rsatgan. O‘shanda u Shomurodovning jamoadoshi – Genrix Mxitaryan bilan ham tanishgan. Tursunov Sports.uz muxbiri bilan suhbatda “Roma”ning armanistonlik legioneri bilan qanday tanishganini aytib berdi.
“Do‘stim Eldor Shomurodovning o‘g‘lini tug‘ilgan kuni bo‘lgandi. Bizni taklif qildi. O‘shanda Mxitaryan ham kelgan ekan. Shu fursatdan foydalanib, u bilan biroz gaplashdik. Menga hozirgi holatimdan kelib chiqqan holda o‘z maslahatlarini berdi. Jarohatdan keyin ko‘proq nimani ustida ishlash kerakligini tushuntirdi. Mendan 5-10 daqiqa vaqtini ayamadi. Buning uchun unga rahmat. Qolaversa, Eldorga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Italiyada menga ko‘p yordam berdi. Oldin ham birga o‘ynaganmiz, yaxshiliklarini unutmaslik kerak”.
Doston TursunovGenrix MxitaryanRoma HujumchisiItaliyada OperatsiyaTiklanish MashqlariShomurodov Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar