"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba olib bergan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.
"Dahshatli o‘yin! Biz bu bahsga uzoq va yaxshi tayyorlandik. Uzoq vaqt davomida 2:1 hisobida oldinda bordik, biroq darvozamizga belgilangan penalti barchasini o‘zgartirib yuborishi mumkin edi. So‘nggi soniyalargacha taslim bo‘lmay yana golli vaziyat yaratishga harakat qilgan bu jamoani maqtamaslik mumkin emas.
Men uchun asosiysi uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyani tugatish va g‘alabali yo‘lga tushib olishimiz kerak edi. Bunday natijaga erishish - o‘zgacha voqelik albatta. Yigitlar bor kuchi bilan o‘ynashdi. Va albatta, so‘nggi daqiqada gol urish yoqimli bo‘ldi.
Bizga doimo yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Ayni damda kuchli to‘rtlikka kurashyapmiz. Futbol - holatlarni o‘zgartirishni yaxshi ko‘radigan sport turi. Bugungi bahs orqali biz so‘nggi soniyalargacha kurashishimizni isbotlay oldik", - dedi hujumchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi