12:39 / 24.02.2022
949

Arab kompaniyasi "Nasaf" titul homiyiga aylandi

Arab kompaniyasi "Nasaf" titul homiyiga aylandi
O‘zingizga ma’lum, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi 2009-yildan buyon “Nasaf” futbol klubing bosh homiysi hisoblanadi. Shu kunga qadar jamoa libosida ham aynan “Ung SGCC” ramzi tushirilgan edi. “Nasaf” futbol klubi rahbariyati klubning tijoriy yo‘nalishini kuchaytirishni ham o‘z oldiga maqsad qilib olgan va bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.

“PetroPipe oil and gas” 2022 yil uchun “Nasaf” jamoasining titul homiyiga aylandi.

“PetroPipe oil and gas” kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining neft va gaz sanoati uchun butlovchi qismlar, modulli tizimlarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, O‘zbekistonda ham o‘z vakolatxonalariga ega hisoblandi.

“Nasaf” futbol klubi ana shunday yirik korxona bilan tijoriy kelishuvga erishdi. Shu o‘rinda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi esa jamoaning bosh homiysi bo‘lib qolaveradi.

“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arab kompaniyasi "Nasaf" titul homiyiga aylandi