
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2022 yilgi OFK kubogi o‘yinlarining qachon va qayerda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Markazlashgan holda o‘tkaziladigan bahslar G‘arbiy va Janubiy zonalarda 18-24 may, ACEAN, Markaziy va Sharqiy zonalarda 24-30 iyun kunlari tashkil etiladi.
O‘zbek klubi o‘rin oladigan Ye guruhida bahslarga Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qiladi.
Ushbu bahslarda yurtimiz sharafini "Nasaf" yoki "So‘g‘diyona" himoya qiladi. Guruhdan shuningdek "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Neftchi" (Qirg‘iziston) va mezbon debyutant SSKA o‘rin oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar