
Istanbul reyting turniri finaliga yetib kelgan uchinchi yunon-rum kurashchimiz ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eng tajribali "klassigimiz" Rustam Assakalov 97 kg vazn toifasida chempionlik shohsupasiga ko‘tariladi. U hozirgina yakuniga yetgan final bahsida finlyandiyalik Arvi Martin Savolaynenni 5-1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Assakalov finalga qadar italiyalik Nikoloz Kaxelashvili, turkiyalik Abdul Kader, litvalik Vilius Laurinatis va norvegiyalik Feliks Baldaufni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining finalga yetib kelgan uchchala yunon-rum kurashchisi ham Istanbul reyting turniri chempioniga aylandi. Birozdan so‘ng Mo‘minjon Abdullayev bronza medali uchun gilamga chiqadi.
Rustam AssakalovIstanbul ReytingOltin MedalYunon-Rum KurashiTerma JamoaChempionlik Bahsi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing