date
views 940

Yevropa Ligasining 1/8 final o‘yinlariga qur’a tashlandi

Yevropa Ligasining 1/8 final o‘yinlariga qur’a tashlandi
Shveysariyaning Non shahrida 25 fevral, juma kuni Yevropa Ligasi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi.

Yevropa Ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rinni olgan jamoalar birinchi savatchadan joy olgan bo‘lsa, o‘tish o‘yinlari g‘oliblari ikkinchi savatchaga joylashtirilgan edi.

O‘tish o‘yinlarida «Borussiya D»ni mag‘lub etgan «Reynjers» «Srvena Zvezda» bilan bahs olib borsa, «Leypsig» Domeniko Tedeskoning sobiq jamoasi «Spartak» bilan kuch sinashadi. «Barselona» esa Turkiyaning «Galatasaroy»ini sinovdan o‘tkazadi.

1/8 finali qur’asi quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Reynjers» (Shotlandiya) — «Srvena Zvezda» (Serbiya)
«Braga» (Portugaliya) — «Monako» (Fransiya)
«Portu» (Portugaliya) —«Lion» (Fransiya)
«Atalanta» (Italiya) —«Bayer» (Germaniya)
«Sevilya» (Ispaniya) — «Vest Hem» (Angliya)
«Barselona» (Ispaniya) — «Galatasaroy» (Turkiya)
«Leypsig» (Germaniya) — «Spartak Moskva» (Rossiya)
«Betis» (Ispaniya) — «Ayntraxt» (Germaniya)

Yevropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki bellashuvlari 10 mart kuni, javob uchrashuvlari esa 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasining 1/8 final o‘yinlariga qur’a tashlandi