
Kecha Turkiyaning Bursa shahrida katta MMA kechasi bo‘lib o‘tdi. KFL (Kadirov Fighting Liga) promousheni tomonidan tashkil etilgan ushbu jang oqshomining markaziy to‘qnashuvida o‘zbekistonlik Humoyun Ibragimov eronlik Amirhusayn Orifiga qarshi jang qildi.
Yarim yengil vazn (65.8 kg) toifasida chempionlik kamari uchun bo‘lgan mazkur bahsda hamyurtimiz 2-raund o‘tib borayotgan bir pallada "uchburchak" uslubi bilan raqibini taslim etishni uddasidan chiqdi va promoushenning chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa hamyurtimizning professional faoliyatidagi rekordi 5-0 ko‘rinish oldi. O‘z o‘rnida esa ushbu ajoyib g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz.
MMA KechasiBursa ShahriKFL PromousheniHumoyun IbragimovAmirhusayn OrifiChempionlik Kamari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar