807
Rossiya va Belarus xokkey, basketbol hamda gandbol bo‘yicha xalqaro musobaqalardan chetlatildi
Rossiya va Belarus terma jamoalari xokkey bo‘yicha xalqaro turnirlardan chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, bu qaror «keyingi ogohlantirishgacha» qabul qilingan. Hozircha IIHF Rossiya va Belarusning sentabr oyigacha bo‘lgan barcha musobaqalarni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
Shu tariqa Rossiya Finlyandiyada bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmaydi va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini, shuningdek, avgust oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, Rossiya dekabr oyining oxirida Novosibirsk va Omskda boshlanishi kerak bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum qilindi. IIHF kelgusi oylarda musobaqani o‘tkazish uchun yangi joy bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.
Shuningdek, Yevroliga Ijroiya kengashi ham 28 fevral kuni Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha qabul qilingan qarorlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Rossiya basketbol jamoalarining Yevroliga (SSKA, UNIKS, «Zenit») va Yevrokubokdagi («Lokomotiv-Kuban») ishtirokini to‘xtatishga qaror qilingan.
Bundan tashqari, Yevropa gandbol federatsiyasi (EHF) ham Rossiya va Belarus jamoalari hamda klublariga tashkilot shafeligidagi musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda EHF matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror tashkilot ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan va klublar hamda jamoalar darajasidagi barcha musobaqalarga taalluqlidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA va UYEFA Rossiya futbol terma jamoalari hamda klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgandi.
Rossiya1, Belarus1, Hokkey1, Basketbol1, Gandbol1, Xalqaro musobaqalar1, Chetlatish1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari