15:04 / 01.03.2022
868

"Paxtakor" yangi futbolchilarning tanishtirish marosimini oʻtkazdi

"Пахтакор" янги футболчиларнинг таништириш маросимини ўтказди
Bugun "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida jamoa safiga yangi kelib qoʻshilgan futbolchilar bilan tanishtirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Anjumanda klub raisi oʻrinbosari Dilshod Karimov, bosh direktor Dmitriy Adisman, bosh murabbiy Slavche Voyneski, yangi futbolchilar - Oliver Sharkich, Kamen Xadjiev, Aleksey Larin, Ikrom Aliboev, Sardor Rashidov, Mirjahon Mirahmadov, Jasur Yoqubov ishtirok etdi.

Karimov: - Assalomu alaykum. Barchangizni bu erda koʻrib turganimdan xursandman. Ushbu mavsumda koʻp jamoalar tarkibiga yangi oʻyinchilarni jalb qildi, murabbiylarni taklif etishdi. Oʻzbek futboli rivoji uchun bu ijobiy holat. Intriga keskin boʻladi degan umiddaman. Biz ham yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladik, yangi futbolchilar kelib qoʻshildi. Mavsumni Superkubokni yutish bilan boshladik. Hali yana sovrinlarga erishamiz, deb umid qilaman.

Sharkich: - Klub juda yaxshi va tashkiliy masalalar ajoyib yoʻlga qoʻyilgan. Mavsumga yaxshi tayyorlandik va yakshanba kuni Superkubokda gʻalaba qozondik. Endi oldimizda Superliga va boshqa musobaqalarda yaxshi ishtirok etish vazifasi turibdi.

Oʻzimni koʻrsatishga tayyorman. Meni bu erga taklif etishda adashishmaganini isbotlashni istayman. Ularning ishonchini oqlashga bor kuchimni beraman. Ishqibozlarni chiroyli oʻyinlar bilan xursand etishni xohlayman.

Yigitlar birinchi kunlardanoq men bilan doʻstona munosabatda boʻlib, yordam berishga tayyor holatda turishibdi. Koʻp futbolchilar inglizchada gaplasha olishadi - Cheran, Rashidov, Aliboev bilan muloqot qilib, koʻp narsalarni oʻzlashtirib boryapman.

Yoqubov: - "Paxtakor" tarkibiga qaytganimdan baxtiyorman. Nasib qilsa, yaxshi oʻyinlar koʻrsatib, muxlislar ishonchini oqlash va jamoaga foyda keltirishga harakat qilaman.

Xadjiev: - Superkubok bahsida bizni muxlislar ajoyib qoʻllab-quvvatlashdi. Birinchi sovringa erishdik. Mavsum oxirida koʻproq sovrinlar bilan oʻtiramiz, degan umiddaman. Raqibning ahamiyati yoʻq. Borimizni berishga harakat qilamiz.

Rashidov: "Paxtakor" - katta klub. Superkubok yoniga mavsum yakunida Superliga va Oʻzbekiston Kubogini qoʻshib qoʻyishga urinamiz.
Oʻzimni yaxshi his qilyapman. Bugungi mashgʻulotda qatnashaman. Superkubok oʻyinidagi kichik jarohatim oʻtib ketdi.

Larin: "Paxtakor" katta jamoa va barcha ishlar juda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Mashgʻulot va oʻyinlarda yaxshi mehnat qilgan holda oʻzimizdan kutilgan natijalarni koʻrsatishga intilamiz.

Aliboev: - "Paxtakor" men uchun begona emas. Faoliyatimni shu erda, klub akademiyasida boshlaganman. Bu erda debyutimda Superkubokni qoʻlga kiritdik. Hali yana boshqa sovrinlarga ega chiqishni istayman. Alohida oʻyinlarda emas, balki butun mavsum mobaynida oʻzimning borimni berishga harakat qilaman.

Mirahmadov: - Yigitlar deyarli barcha narsani gapirib boʻlishdi. Ular aytgandek, hamma sovrinlarga erishishni xohlaymiz. Oʻzimga ishonaman. Asosiy tarkibdan joy olib, muhim gollar urishga harakat qilaman. Har bir bellashuvda raqib kim boʻlishidan qat'i nazar "Paxtakor" uchun foyda keltirishga intilaman.

Voyneski: - Har bir ligani yutish qiyin. Hech bir joyda sovringa ega chiqish oson emas. Superkubok oʻyini qanchalik ogʻir kechganini hamma koʻrdi. Har bir jamoa bizga jiddiy qarshilik koʻrsatishga urinadi. Chempionlar Ligasida guruhdan chiqishni istaymiz. Oʻyinlar Ramazon oyida boʻladi va biz barchani hisobga olishimiz kerak. Biz har 4-5 kunda maydonga tushishimiz lozim. Shunday tigʻiz taqvimda oʻynaymiz. Aprel va mayda juda koʻp oʻyinda maydonga tushamiz. Bu holatda barcha kichik jihatlargacha e'tibor qaratamiz. Milliy terma jamoada ham oʻnga yaqin futbolchi toʻp tepadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport