
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinda gollarga Dragan Cheran va Hojimat Erkinov mualliflik qildi. Mezbonlar esa bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, poytaxtliklar mavsumdagi ilk o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Samarqandliklar dastlabki bahsda kuchli raqibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata olmadi.
Dinamo" – "Paxtakor" 0:2
Gollar: Dragan Cheran - 31', Hojimat Erkinov - 34'
"Dinamo": 12.Miloye Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Temur Ismoilov, 14.Shokir Yo‘ldoshev (To‘lqin Ergashev, 66), 17.Muzaffar Muzaffarov, 19.Islom Sharipov (Saydullo Rahmatov, 63), 20.Jasur Jumayev, 70.Oybek Nurmatov (Fahriddin Alimov, 63), 78.Aleksandar Glishich (Sahob Rashidov, 76), 88.Yevgeniy Chumak (Abdujamol Isroilov, 66).
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Aleksey Larin, 6.Ikrom Aliboyev, 7.Odil Hamrobekov, 8.Aziz Turg‘unboyev (Oliver Sharkich, 86), 10.Dragan Cheran, 18.Hojimat Erkinov (Diyor Xolmatov, 71), 21.Kamen Xadjiyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (Mirjahon Mirahmadov, 71), 29.Jasur Yoqubov, 34.Farruh Sayfiyev.
Ogohlantirishlar: Yevgeniy Chumak (40) — Jasur Yoqubov (76).
O‘zbekiston SuperligasiDinamo PaxtakorDragan CheranHojimat ErkinovG‘alabaPoytaxtliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar