20:34 / 04.03.2022
1 171

Superliga. "Qizilqum" Olmaliqda "Lokomotiv"dan ustun keldi

Superliga. "Qizilqum" Olmaliqda "Lokomotiv"dan ustun keldi
O‘zbekiston Superligasi dastlabki turining so‘nggi kunida "Qizilqum" va "Lokomotiv" jamoalari bahs olib bordi. O‘yin navoiyliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, Erkin Baydullayev jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi. 73-daqiqada "oltin qazuvchilar" penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. 11 metrlik jarima to‘pidan Aleksandar Stanislavlevich unumli foydalandi.

Shu tariqa, "Qizilqum" turnir jadvalida yetakchilar qatoriga kirdi.

"Qizilqum" – "Lokomotiv" 2:0
Gol:
Erkin Baydullayev 57, 1:0, Aleksandar Stanislavlevich 72, 2:0

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev, 6. Erkin Baydullayev, 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich ( 17. Salim Mustafoyev, 87), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Sherali Jo‘rayev (18. Jasur Azimov, 73), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev, 88. Artyom Dmitriyev.
Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 5. Timur Nabiyev, 8. Shahzod Turopov, 9. Xumoyun Abdualimov, 14. Fayzulla Qambarov, 21. Orifxo‘ja Abduxoliqov, 25. Azizbek Usmonov.

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islomjon Qobilov, 6. Alisher Salimov, 7. Diyorjon Turopov, 11. Kaxi Maxaradze, 14. Hurshid Muhtorov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov ( 17. Sanjar Qodirqulov, 79), 22. Muhammadanas Hasanov (4. Dilshodjon Komilov, 90), 23. Igor Chikrizov (19. Etome Jerome, ), 27. Islom Rashidxonov ( 8. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 90), 44. Samuel Ope.
Zaxira: 13. Rustam Nartajiyev, 9. Javohir Alijonov, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 37. Sherzod Fayziyev, 98. Ma’ruf Jumayev.

Ogohlantirishlar: Bobur Yo‘ldoshev ("Qizilqum") 80, Sanjar Shoaxmedov ("Qizilqum") 84.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qizilqum" Olmaliqda "Lokomotiv"dan ustun keldi