date
views 1 033

AIBA Rossiya va Belarus bokschilariga xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqladi

AIBA Rossiya va Belarus bokschilariga xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqladi
Foto: AIBA
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) rossiyalik va belarusliklar bokschilarga xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

AIBA Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Rossiya yoki Belarus milliy federatsiyalariga mansub bokschilar va musobaqa rasmiylari, jumladan, hakamlarning ham ishtirok etishi boʻyicha tavsiyasini qabul qildi. Endilikda ularni xalqaro boks musobaqalariga taklif qilish yoki qatnashishga ruxsat berilmaydi.

Tashkiliy yoki huquqiy sabablarga koʻra qisqa vaqt ichida buni amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda, Rossiya yoki Belarus vakillariga faqat neytral sportchilar sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Kengash, shuningdek, XOQ tavsiyasiga koʻra, 2022 yilda Rossiya va Belarusda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro turnirlarning bekor qilishini ma'qulladi.

Qay etish kerak, hozirda AIBA’ga rossiyalik Umar Kremlyov prezidentlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport