date 22:52 / 05.03.2022
views 1 345

Taekvondo. Rashitov va Salaev oltin medalni qoʻlga kiritdi!

Taekvondo. Rashitov va Salaev oltin medalni qoʻlga kiritdi!
Tehronda taekvondo WT boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Vakillarimizdan Shuhrat Salaev finalda qozogʻistonlik taekvondochini 25-11 hisobida magʻlub etdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ulugʻbek Rashitov esa finalda eronlik Muhammad Husayn Zohidni taslim qildi (25:8) va chempion boʻldi.

Bungacha Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich bronza medaliga ega chiqqandi.

Kechagi bahslarda esa, Feruza Sadikova oltin, Svetlana Osipova hamda Charos Qayumova bronza medalini koʻlga kiritgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport