14:00 / 06.03.2022
1 208

UFC 272. Umar Nurmagomedov 1-raunddayoq g‘alaba qozondi va boshqa janglar natijasi

UFC 272. Umar Nurmagomedov 1-raunddayoq g‘alaba qozondi va boshqa janglar natijasi
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 6 mart tongida UFC 272 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Oqshomning asosiy jangi yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Xorxe Masvidal (35-16) va Kolbi Kovington (17-3) o‘rtasida kechdi. Besh raund davom etgan jangning katta qismi Kovington ustunligi ostida o‘tdi va yakunda hakamlar yakdil ovoz bilan Kolbining g‘alabasini qayd etdi — 49:46, 50:44, 50:45.

Yana bir asosiy janglardan birida Rafael dos Anos ochkolar hisobiga Renato Moykanoni mag‘lub etdi. Umar Nurmagomedov esa 1-raunddayoq Brayan Kelleherni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi.

Asosiy kard
- Kolbi Kovington ochkolar evaziga Xorxe Masvidalni yutdi;
- Rafael dos Anos ochkolar evaziga Renato Moykanoni yengdi;
- Brays Mitchell ochkolar evaziga Edson Barbozani mag‘lub etdi;
- Kevin Holland 2-raundda Aleks Oliveyrani nokautga uchratdi;
- Sergey Spivak 1-raundda Greg Hardini nokautga uchratdi.

Prelim kard
- Jalin Tyorner 2-raundda Jeymi Mallarkni nokaut qildi;
- Marina Rodriges ochkolar evaziga Yan Syaonanni yutdi;
- Nikolae Negumeryanu ochkolar evaziga Kennedi Nzechukvunidan ustun keldi;
- Marina Moroz 2-raundda sabmishen orqali Mariya Agapovani yengdi;
- Umar Nurmagomedov 1-raundda Brayan Kelleherni sabmishen bilan yutdi;
- Tim Elliot ochkolar evaziga Tagir Ulanbekoni mag‘lub etdi;
- Lyudovit Kleyn ochkolar evaziga Devonte Smitni taslim etdi;
- Dastin Yakobi ochkolar evaziga Mixal Oleksiychukni yengdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 272. Umar Nurmagomedov 1-raunddayoq g‘alaba qozondi va boshqa janglar natijasi