Foto: FIFA
Polsha terma jamoasi FIFA qaroriga ko‘ra 2022 yilgi Jahon Chempionati saralashi pley-offining finalida o‘ynaydi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berildi.
Xalqaro futbol federatsiyasi tashkiliy qo‘mitasi Rossiya terma jamoasining xalqaro musobaqalardan chetlatilgani munosabati bilan Polsha terma jamoasining 2022 yil 29 martga belgilangan hal qiluvchi o‘yinga avtomatik ravishda yo‘llanma olishini ma’lum qildi. Jamoa unda Shvetsiya va Chexiya o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Tashkilot, shuningdek, Shotlandiya va Ukraina o‘rtasidagi mart oyida o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinning iyun oyiga ko‘chirilishi haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni FIFA va UYEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya terma jamoalari va Rossiya klublarini barcha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatdi. Bungacha Polsha, Shvetsiya, Chexiya, Albaniya, Irlandiya, Shveysariya va Angliya terma jamoalari Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tortganini e’lon qilgandi.
Yevropa mintaqasining JCH—2022 musobaqasi o‘tish bahslari yarim finallariga tashlangan qur’aga ko‘ra, Polsha va Rossiya o‘zaro raqib hisoblanardi. Yarim final bahslari 2022 yilning 24 martiga, finallar esa 29 martga belgilangandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”