21:14 / 09.03.2022
1 335

Superliga. Sidiqov "Qo‘qon-1912"ga "Olimpik" ustidan g‘alaba keltirdi

Superliga. Sidiqov "Qo‘qon-1912"ga "Olimpik" ustidan g‘alaba keltirdi
O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Olimpik" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahs davomida o‘z harakatlari bilan ajralib turgan Javohir Sidiqov 63-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi. Uning faolligi natijasida qo‘qonliklar birinchi taymda penaltini ijro etdi. Ammo Xolmuhammedovning zarbasini Vladimir Nazarov qaytardi.

Shu tariqa, "shunqorlar" ochkolari sonini 3 taga yetkazib oldi. Toshkentliklar hisobida 1 ochko bor.

QO‘QON-1912 – OLIMPIK - 1:0
Gol:
Javohir Sidiqov 63, - 1:0.

Golga aylanmagan penalti: Murol Xolmuhammedov 16 (darvozabon).

"Qo‘qon-1912": 1.Muzaffar Abdullayev, 77.Murod Xolmuxamedov, 15.Oybek Rustamov, 14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 33.Ivan Yosovich, 23.Aleksandr Merzlyakov, 13. Sardor Azimov, 70. Bilolxon Toshmirzayev, 10.Javohir Sidiqov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev (18.Shaxzod Nurmatov, 90+4), 11.Mo‘min Meliyev (27. Anvar Xojimirzayev, 46) (6. Dilshod Raxmatullayev, 89).
Zaxira: 12. Islom Abdullayev, 21. Nodir Ashurmatov, 4. Ilhom Vahobov, 5. Slavko Lukich, 7. Jamshid Hasanov, 8.San’at Shixov,

"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 70.Abubakr Rizo Turdaliyev, 19.Dostonbek Tursunov (17.Jaloliddin Sodiqov, 59), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 44.Shahzod Toirov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov (6.Behzod Shamsiyev, 84), 77.Davron Anvarov (10.Farruh Muxtorov, 74), 7.Ruslanbek Jiyanov, 9.Temur Mamasidiqov (37.Alisher Odilov, 59), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (22.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 74),
Zaxira: 13.Xamidullo Abdunabiyev, 4.Eldorbek Begimov, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 99.Muhammadali G‘iyosov.

Ogohlantirishlar: Muhammadaziz Ibrohimov 21, Oybek Rustamov 40, Bilolxon Toshmirzayev 48, Saidazamat Mirsaidov 53, Anvar Xojimirzayev 89, Quvondiq Ro‘ziyev 90+2.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Sidiqov "Qo‘qon-1912"ga "Olimpik" ustidan g‘alaba keltirdi