20:49 / 10.03.2022
1 087

"Navbahor" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi

"Navbahor" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Ushbu bahsda rasmiy mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Namanganliklar tarkibida 6-daqiqada Elguja Grigalashvili hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida Zoran Marushich oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. O‘yin tugashi arafasida Miroslav Markovich hisobni qisqartirdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "lochinlar" hisobidagi ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. Surxonliklar ikki o‘yindan so‘ng 1 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

"Surxon" – "Navbahor" - 1:2
Gollar
: Elguja Grigalashvili 6, - 0:1 (Davron Hoshimov). Zoran Marushich 55, - 0:2 (Davron Hoshimov). Miroslav Markovich 89 penalti, - 1:2.
"Surxon": 25.Xaver Ximenes, 2.Zoir Jo‘raboyev (99.Kamron Saydazimov, 83), 3.Bobirjon Akbarov, 7.Islomjon Toshpo‘latov (19.Nuriddin Hasanov, 46), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 9.Zohir Pirimov (10.Murodbek Bobojonov, 46), 13.Miroslav Markovich, 20.Iqbol Malikjonov, 23.Abdulaziz Yusupov (64.Samandar Qodirov, 70), 33.Tohirjon Shamshiddinov (26.Ulug‘bek Abdullayev, 61), 66.Behruz Shaydulov.
Zaxira: 35.Shohruh Eshbo‘tayev, 4.Javohir Sohibov, 6.Jahongir Ahmadov, 55.Sharofiddin Shobirov.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 6.Rustam Ashurmatov, 7.Azim Ahmedov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Ehsoni Panshanbe, 90), 19.Nurillo To‘xtasinov (14.Jamshid Boltaboyev, 63), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreyev, 30.Elguja Grigalashvili (77.Asadbek Sobirjonov, 63), 32.Zoran Marushich.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 9.Ibrohim G‘anixonov, 11.Islom Kenjaboyev 64.Muzaffar Mo‘minov, 70.Muhammadbobur Mo‘ydinov, 99.Andrey Sidorov.
Ogohlantirish: Jamshid Boltaboyev 90+2, Miroslav Markovich 90+4.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi