date 22:06 / 10.03.2022
views 1 607

Nikola Lazarevich: "Stanisavlevich – hujumdagi eng muhim futbolchilarimizdan biri"

Никола Лазаревич: "Станисавлевич – ҳужумдаги энг муҳим футболчиларимиздан бири"
Superliga 2-turi doirasidagi "Qizilqum" – "Bunyodkor" (3:1) oʻyinidan keyin navoiyliklar ustozi Nikola Lazarevich fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Oʻyin haqida
- Oʻyin xuddi kutganimizdek kechdi. Birinchi taymda bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Shu bilan birga, raqiblarda ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Birinchi taymda gol urib olganimiz foydaga ishladi, bu ikkinchi taymda erkinroq oʻynashimizga turtki berdi. Raqib kuchli edi, oxirigacha kurash olib bordi.

- Aleksandar Stanisavlevich ikki turdan buyon gol urmoqda. Uning oʻyiniga qanaqa baho berasiz?
- Stanisavlevich – hujumdagi eng muhim futbolchilarimizdan biri. Oʻylaymanki, Paul Komolafe ham u kabi yaxshi oʻynab ketadi.

- Sherali Joʻraev ikkinchi yoshligini oʻtkazmoqda. Uni qanday qilib ruhlantiryapsiz?
- Joʻraev yaxshi saviyadagi futbolchi. U ushbu mavsumda etakchi futbolchilarimizdan biri boʻlishi koʻzda tutilgan. Undan yanada koʻprogʻini kutamiz.

- Bosh direktor (Hamidjon Aktamov – tahr.) ham murabbiylar shtabida koʻrinish bermoqda. U sizga koʻmak beryaptimi?
- Albatta, bosh direktor bizga hamisha yordam beradi. Unga rahmat aytishimiz kerak. Biz hammamiz bir oilamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport