21:25 / 11.03.2022
1 305

Shahobiddin Zoirov bugun professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Shahobiddin Zoirov bugun professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Angliyaning Esseks grafligida 11 mart, juma kuni professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Instagram
Mazkur jang oqshomida professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov (3-0, 2 KO) ham ishtirok etadi. O‘zbekistonlik bokschi britaniyalik Brett Fidoga (15-68, 7 KO) qarshi ringga chiqadi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Shahobiddin shu kunga qadar professional boksda uchta jang o‘tkazib, uchalasida ham g‘alaba qozongandi. Debyut jangida indoneziyalik Entoni Holtni nokaut hisobiga mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi jangida gruziyalik Mishiko Shubitidzeni ham nokautga uchratgan. Uchinchi jangida hindistonlik Sandib Singh ustidan ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov bugun professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi