
Superliganing ikkinchi turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so‘ng samarqandliklar ustozi Predrag Rogan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yigitlar ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishga harakat qilishdi. Ikkinchi bo‘limda bir nechta vaziyatlardan foydalana olganimiz yo‘q. Buni futbol deyishadi. Yutqazdikmi yutqazdik. "Paxtakor", "So‘g‘diyona" bilan o‘yinlarda juda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Shunisi aniqki, biz foydalanolmagan vaziyatlardan raqiblar gol urib ketyapti.
"Dinamo" Pro ligadan chiqqan jamoa sifatida har kuni rivojlanishi kerak. Tarkibimizda yosh va tajribali futbolchilar bor. Bu o‘yin tarixda qoldi. Ertaga yangi kun boshlanadi. O‘zbekiston chempionati darajasi juda yaxshi. Iqtidorlar, sifatli ijrochilar borligini oldin ham aytganman",- deydi Rogan.
SuperligaSo‘g‘diyonaDinamoPredrag RoganFutbol VaziyatlariO‘zbekiston Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar