
Eron davlati poytaxti Tehron shahrida Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqasi davom etmoqda.
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida 3ta medalni qo‘lga kiritishdi, deb xabar qildi Sportni rivojlantirish vazirligi.
- 63 kg vazn toifasida Niyaz Po‘latov finalgacha yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Niyaz eronlik Zaid Alxalvaniga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
-74 kg vazn toifasidagi Jasur Jaysunov yarim finalda eronlik Mirxashem Hussayniga yutqazib qo‘ydi va bronza medali bilan cheklandi.
- 87 kg vazn toifasida Nikita Rafalovich yarim finalda ozarbayjonlik Talex Sulaymanovga imkoniyatni boy berdi va u ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari -54 kg vazn toifasida Omonjon Otajonov va Jahongir Xudoyberdiyevlar chorak finalga qadar yetib borishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar