
Professional boksning super ogʻir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (9-0, 9KO) navbatdagi jangi oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
- "Super ogʻir vazn toifasida hamma men haqimda tasavvurga ega va barchasi biladiki, choʻqqiga chiqishim — bu vaqt masalasi, xolos.
Probellum va DiBella Entertainment orqali men imkon boʻlishi bilan jahon chempioniga aylanaman. Ammo avvaliga Sokolovskini engishim kerak. Yaqinda hamma super ogʻir vazn toifasining boʻlajak chempioni ekanimni tushunib etadi", - deydi Bahodir Jalolov.
Oʻzbekistonlik bokschi prof ringdagi navbatdagi jangini 18 mart kuni oʻtkazadi. Dubayda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Jalolovga polshalik Kamil Sokolovski raqib boʻladi.
Ma'lumot uchun, Jalolov prof boksda umumiy hisobda 9 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. U soʻnggi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi oʻtkazib, birinchi raunddayoq nokaut bilan gʻalaba qozongandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!