17:51 / 14.03.2022
1 523

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga guruh bosqichiga o‘tish ishtiyoqida maydonga tushamiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga guruh bosqichiga o‘tish ishtiyoqida maydonga tushamiz"
Ertaga, 15 mart kuni "Nasaf" jamoasi OCHL pley-off o‘yinida maydonga tushadi. Bugun "Baniyas Stadium"da ertangi bellashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

Dastlab ertangi bellashuv haqida R.Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- Assalomu alaykum barchaga. Avvalambor bizni iliq kutib olishgani uchun "Baniyas" jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ertangi bellashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoalar kerakli natija uchun kurashadi. "Baniyas" jamoasini o‘rganganimizda shunga amin bo‘ldik-ki, jamoa jiddiy va yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega.

- "Baniyas" jamoasi ishtirokidagi bir nechta o‘yinlarni ko‘rib chiqdik. Ularni o‘yin uslubi bizga yoqdi. Lekin, "Nasaf" ko‘rsatayotgan futbol ham ko‘plab muxlislarga yoqadi. Ertangi bellashuvda kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun sifatli bellashuv guvohi bo‘lamiz. Ertangi bahsda biz musobaqani guruh bosqichida davom ettirish ishtiyoqida maydonga tushamiz.

- "Baniyas" jamoasi haqida nimalarni bilasiz? Ertangi bellashuvda qaysi futbolchilar maydonga tusha olmaydi?
- "Baniyas" jamoasining oxirgi bellashuvlarini ko‘rdik. Ular yaxshi natijaga erishishmoqda. O‘tgan mavsumda o‘z chempionatining ikkinchi o‘rnini qo‘lga kiritib, OCHL pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan. Umuman olganda jamoaning o‘yini ham, maydondagi futbolchilarning o‘yin sifati ham yaxshi.

Bizga ertangi o‘yinda faqat G‘olib G‘aybullayev yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarning barchasi ertangi bellashuvga tayyor.

Akmal Mozgovoy: "Ertangi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. "Baniyas" jamoasini yaxshi o‘rgandik. Ular safida yaxshi futbolchilar harakat qilishadi. Biz ertangi bellashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, faqat g‘alaba uchun".

- "Baniyas" jamoasining qaysi chiziqlari kuchsiz deb hisoblaysiz?
- Bu haqida gapirish noo‘rin deb bilaman. Biz bu jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini o‘rganib chiqdik. Lekin, bu haqida bu yerda muhokama qilmoqchi emasman. Biz bu jamoa ishtirokidagi bir nechta o‘yinni ko‘rdik va bu haqida o‘z xulosamizga egamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga guruh bosqichiga o‘tish ishtiyoqida maydonga tushamiz"