
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan ikki bahs 16 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Yuventus» o‘z maydonida «Vilyarreal» bilan bahs yuritdi. Ispan klubi 3:0 hisobida turinliklar ustidan g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida Moreno, Torres va Danjuma o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
«Vilyarreal» musobaqa chorak finalining navbatdagi ishtirokchisiga aylandi. Massimiliano Allegri shogirdlari 1/8 finaldayoq o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 1:1 hisobi bilan yakunlangan edi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
1/8 final, javob o‘yinlari
«Yuventus» Italiya– «Vilyarreal» Ispaniya 0:3
Gollar: 0:1 – 78 Jerar Moreno (penalti), 0:2 – 85 Pau Torres, 0:3 – 90 Danjuma (penalti).
«Yuventus»: Shchensni, Danilo, Rugani (Dibala, 79), de Ligt, De Shilyo, Kuadrado, Rabo, Lokatelli (Bernardeski, 83), Artur, Morata (Kin, 86), Vlahovich.
«Vilyarreal»: Rulli, Ore, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Pino (Chukvueze, 65), Trigeros (Koklen, 64), Kapu, Parexo (Pedrasa, 86), Lo Chelso (Jerar Moreno, 74), Danjuma.
Ogohlantirish: de Ligt (90).
Dastlabki bahs — 1:1
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar