17:00 / 17.03.2022
1 880

Mourino “Roma”ning gol urolmayotgan hujumchilari haqida gapirdi

Mourino “Roma”ning gol urolmayotgan hujumchilari haqida gapirdi
“Roma” Konferensiyalar ligasi nimchorak final uchrashuvining javob uchrashuvida “Vitess”ni qabul qiladi. Bu jamoalarning Niderlandiyadagi o‘yinida rimliklar kichik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan.

“Roma” rahbariyati Joze Mourino oldiga UYEFAning mazkur turnirida g‘olib chiqish vazifasini yuklagan. Rimliklar bosh murabbiyi o‘yin oldidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

- Dunyoda bo‘layotgan voqealar haqida nima deyolasiz?
- Bu borada qarashim oddiy. Barcha urushlarni to‘xtating, shunisini va boshqalarini ham. Agar buning uchun bu gaplarlarni har kuni takrorlashim kerak bo‘lsa, shunday qilaman. Siyosat meni qio‘iqtirmaydi, lekin aytilishi kerak bo‘lgan gaplarni ommaviy tarzda e’lon qilaveraman. Men doim urushga qarshiman. Har qandayiga qarshiman!

- Biroz ortga qaytib, Udinedagi o‘yinni yodga olamiz. Nima deb o‘ylaysiz, jamoa kerakli ishtiyoqqa egami?
- Bu borada har kuni ishlayapmiz. Bo‘lajak o‘yinga tayyormiz.

- Bu hafta o‘ziga xos. Qaysi muhim – “Vitess”mi yoki yakshanba bo‘ladigan derbimi?
- Hozir men uchun “Latsio” yo‘q, faqat navbatdagi o‘yin turibdi. Yutsak, biz chorak finaldamiz, yutqazsak, musobaqani tark etamiz. Hozir faqat shu bahs meni qiziqtirishi mumkin.

- Mxitaryan singari maydonda tez qaror chiqa oladigan boshqa futbolchi bormi? Udinedagi o‘yinda uning yo‘qligi ta’sir o‘tkazdimi?
- Hamma o‘yinchilar har xil. Hammangiz yovuz tanqidchisizlar. Sizlar Rimga 8-9 yoshida kelib, A Seriya uchrashuvida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan (Nikola Zalevski haqida gap ketmoqda) yosh bolaga ham tashlandingiz. Aslida sizlarni tanqid qilish kerak. Mxitaryan biz uchun muhim o‘yinchi, lekin uning yo‘qligi biz yuta olmagan o‘yinda asosiy sabab bo‘la olmaydi.

- Safardagi gol bo‘yicha qabul qilingan yangi qoida sizga yoqdimi? Bu qanday o‘zgarishlarga olib keladi?
- To‘g‘risi, buni bilmayman. O‘yin xarakteriga oz bo‘lsa-da, ta’sir qiladi. Masalan, “Ayaks” Lissabonda durangga erishdi. “Benfika” chorak finalga chiqishi uchun gol urishi shart emasdi. Avval o‘z maydonida durang o‘ynagan jamoa bo‘lajak uchrashuv oldilan mag‘lub pozitsiyasida bo‘lardi. Lekin men belajak bellashuvda avvalgi o‘yin natijasi haqida o‘ylamayman. Durang bizni qoniqtiradi, degan fikrdan uzoqmiz.

- Abraxamdan boshqa hujumchilar kam gol urmoqda. Buning yechimini kim topadi?
- Bu o‘yinchilar avvaldan to‘purar bo‘lib, endi gol urolmayaptimi? Yoki ular faoliyati davomida hech qachon ko‘p gol kiritmaganmi? Bizning “Roma”da gol urishdan to‘xtagan Levandovski o‘ynamayaptiku.

- “Udineze”ga qarshi o‘yindan farqli ravishda nechta o‘zgarish qilmoqchisiz? Dzanologa dam berasizmi?
- Nega endi. U Arnemdagi o‘yinla 25 daqiqa dam oldi. Nega Dzanolo dam olishi kerak, Ruy Patrisio emas. U ikki-uch kundan beri hordiq chiqaryapti. Shuning o‘zi yetarli. Nega faqat Dzanolo haqida so‘rashingizni umuman tushunmayman.

“Roma” – “Vitess” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “Roma”ning gol urolmayotgan hujumchilari haqida gapirdi