Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘ylaymanki, "Navbahor"ning o‘yini stadionga kelgan muxlislarga manzur keldi. Shu kungacha 3 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan bo‘lsak, bugungina imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, yaxshiroq to‘p tepdik. Oldinda ishlar ko‘p. Futbolchilarga rahmat aytaman. Natijadan mamnunman. Har bir o‘yinda ilk daqiqalardan oxirigi soniyalargacha ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz", – deydi Samvel Babayan.
- Keyingi turda "Navbahor" "Paxtakor"ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. Darhaqiqat, raqib – jiddiy jamoa. "Navbahor" uchshbu o‘yinda ham g‘alaba qozonishni uddasidan chiqa oladimi?
- Bugungi kunda bizga keyingi raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Prinsipimizga ko‘ra, har bir keyingi o‘yin biz uchun muhim hisoblanadi.
- "Paxtakor" va terma jamoadagi faoliyatingizdan ma’lumki, turli xorijlik murabbiylarning falsafalaridan foydalangansiz. Bir haftadan so‘ng Namanganga Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi keladi. Katanes bilan fikr almashish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtiryapsizmi?
- Mening fikrimcha, o‘zimizning murabbiylarni rivojlantirishimiz kerak. Jismoniy, taktik tomondan. Chunki murabbiylarimizning salohiyati baland. Hozirda 40 ga yaqin murabbiylarda Pro-litsenziyasi bor. Xorijlik murabbiylar nimadir berishi kerak.
Shu o‘rinda, qo‘qonlik futbolchilarni ham maqtash joiz. Ular doim chaqilmas yong‘oq bo‘lib kelgan. Bugun ham maksimal harakat qilishdi. Stadionga kelgan ishqibozlarning ko‘zida quvonch ko‘rdik. Shuning uchun ham, kerak bo‘lsa, kuniga 24 soat, ertalabdan tonggacha ishlashimiz zarur. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi