Yon qo‘shnimiz – Qirg‘iziston terma jamoasi ham 25 mart kuni Namangan shahrida boshlanadigan “Navruz Cup-2022” xalqaro musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bosh murabbiy rossiyalik Aleksandr Krestinin jamoasi bilan hozirda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazyapti. U yerdan esa Qirg‘iziston termasi yurtimizga kelishi rejalashtirilgan.
Sports.uz muxbiri Qirg‘izistonning tayyorgarligi, yurtimizdagi musobaqadan maqsadi va yana boshqa savollarga javob olish ilinjida ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan bosh murabbiy Aleksandr Krestinin bilan bog‘landi.
- Aleksandr Sergeyevich, Namangandagi turnirda ishtirok etish Qirg‘iziston terma jamoasi uchun nimadir berishiga ishonasizmi?
- Namangandagi turnir Qirg‘iziston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi-2023 oldidan o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tab beradi. Bu musobaqadagi o‘yinlarni nazorat bellashuvi sifatida qabul qilish mumkin. O‘z navbatida FIFA kunlari munosabati bilan mana shunday imkoniyatdan foydalanmasak bo‘lmasdi. Fursatdan foydalanib, terma jamoamizni mini musobaqaga taklif qilgani uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Bo‘lajak o‘yinlar bizning jamoa uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Tayyorgarlik ishlari qanday ketyapti? Meniing bilishimcha, Turkiyada shug‘ullanyapsizlar. Hammasi reja asosida ketyaptimi?
- Ha, biz Turkiyada bo‘lib turibmiz. Hozircha hammasi joyida, reja asosida ketmoqda. Biroq ayrim muammolar ham yo‘q emas. Yana shunday kamchiliklar ham borki, ammo bu bizga bog‘liq emas. Chunki FIFA kunlari 21 martdan boshlanadi. Biz yig‘inimizni 14 martdan boshlaganmiz. Lekin barcha futbolchilar shu vaqtgacha ixtiyorimizga kelishga ulgurishmagandi, asta-sekin o‘yinchilar ixtiyorimizga yetib kelmoqdalar.
- Qirg‘iziston terma jamoasining Namanganda tashkil etiladigan musobaqada asosiy maqsadi nimadan iborat?
- Bizning asosiy vazifamiz Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Ushbu saralash bahslari iyun oyida Bishkek shahrida tashkillashtiriladi. Namangandagi turnir esa mazkur musobaqa uchun bizga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘ta beradi.
- Bugungi O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- O‘zbekiston milliy termasi juda kuchli jamoa. Aytishim kerakki, shu kungacha ham terma jamoangiz yuqori darajada hisoblanib kelgan. Terma jamoa tarkibidagi futbolchilar hamda murabbiylar shtabi juda malakali va bilimli insonlardan tashkil topgan. Bu kabi terma jamoalarga qarshi to‘p surish biz uchun juda qiziq hamda katta tajriba maktabini o‘taydi. Yana shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, Namangandagi musobaqadagi ishtirokimiz tufayli Osiyo Kubogi oldidan o‘ziga yarasha malakamizni ham oshirib olamiz.
- Terma jamoa tarkibidagi barcha o‘yinchilar safdami? Jarohat olganlar yo‘qmi?
- Ha, bizda bir qator kadrlar bo‘yicha muammolarimiz bor. Afsuski, futbolchilarimiz orasida jarohatlangan hamda kovid bilan bog‘liq muammolar mavjud. Biz boshqa chempionatlardagi o‘yinchilarimizni termaga jalb qila olmayapmiz. Boisi, ular bu yerga kelishi bilanoq 14 kunlik karantin kutyapti. Bu holat hayotimizning bir qismiga aylandi, bunday vaziyatda qo‘limizdan hech nima kelmaydi. Shunga qaramasdan, terma jamoamiz hamon o‘ziga yarasha kuchli futbolchilardan tashkil topgan.
- Eldor Shomurodovga qarshi o‘ynashni qanchalik xohlayapsiz? Umuman olganda, O‘zbekiston terma jamoasidagi siz uchun eng xavfli o‘yinchi kim?
- Bilasizmi, men O‘zbekiston terma jamoasi safidagi qaysidir futbolchini alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Sizning termangizda har doim tajribali futbolchi va murabbiylar bo‘lishgan. Doim ularga qarshi maydonga tushish qiziq kechadi.
- Namangandagi stadion va u yerdagi muxlislar haqida eshitganmisiz?
- Albatta, eshitganman. Chunki men shu yerdaman, Osiyoda anchadan beri ishlayapman. Men ilgari Namangandagi stadionda bo‘lganman va unda muxlislar qatorida edim. Ammo bunga ancha bo‘lgan. Bilamanki, Namanganda futbolni juda sevishadi. Shu bois stadionga juda ko‘plab muxlislar tashrif buyurishadi. Ular o‘z jamoasini juda faol tarzda qo‘llab-quvvatlashadi.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”