Foto: cska.ru
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakinni olti oyga shaxmatdan chetlatdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati rasmiy saytida ma’lum qildi.
Shu tariqa rossiyalik sportchi olti oy davomida Xalqaro shaxmat federatsiyasi shafeligida o‘tkaziladigan turnirlarda qatnasha olmaydigan bo‘ldi.
Avvalroq, FIDE rossiyalik va belaruslik shaxmatchilarni o‘z mamlakatlari bayrog‘i va madhiyasi ostida turnirlarda ishtirok etish huquqidan mahrum etishga qaror qilgan edi. Unga ko‘ra, shaxmatchilar Rossiya shaxmat federatsiyasi/Belarus shaxmat federatsiyasi yoki Xalqaro shaxmat federatsiyasi bayroqlari ostidagi musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.
Bundan tashqari, tashkilot Rossiya va Belarusdan sanksiyalar ro‘yxatidagi kompaniyalar bilan homiylik shartnomalarini bekor qilishga qaror qildi.
Bundan tashqari, Rossiya joriy yilning 26 iyul — 8 avgust kunlari tashkil etilishi kerak bo‘lgan Shaxmat Olimpiadasini o‘tkazish huquqidan mahrum etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston musobaqani o‘tkazish uchun ariza topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...