17:16 / 22.03.2022
1 581

Shomurodov Mourino bilan munosabati avvalgidek emasligini tan oldi

Shomurodov Mourino bilan munosabati avvalgidek emasligini tan oldi
«Navruz Cup-2022» turniri oldidan O‘zbekiston milliy jamoasining Toshkentdagi yig‘iniga kelib qo‘shilgan Eldor Shomurodov jurnalistlar bilan suhbatda «Roma»dagi faoliyatiga to‘xtaldi.

- Eldor, kayfiyatingiz qanday?
- Milliy jamoaga kelganimda kayfiyatim har doim a’lo darajada bo‘lgan.

- «Roma»dagi ishlaringizdan ko‘nglingiz unchalik to‘lmayotgan bo‘lsa kerak?
- Albatta. Ko‘proq o‘ynashni xohlayman.

- Bunga nima to‘sqinlik qilayapti?
- Bilmadim, balki o‘zimni yetarlicha yaxshi ko‘rsata olmayotgandirman.

- Joze Mourino bilan munosabatingiz yomonlashmaganmi?
- Yo‘q, hammasi yaxshi. Har doimgidek. Endi, juda boshidagidek emas-ku, lekin yaxshi.

- Rejangizda keyingi mavsumda ham «Roma»da qolish bormi?
- Shartnomam bor. Agar, o‘ynaydigan bo‘lsam, qolish niyatim bor. Lekin ko‘p vaqtni zaxirada o‘tkazish niyatim ham yo‘q.

- Temmi Abrahamning Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar yangramoqda. Uning «Roma»dan ketmoqchi ekani sizning qaroringizga ta’sir qila oladimi?
- Buning ahamiyati yo‘q deb o‘ylayman, – deya Eldor Shomurodovning so‘zlarini keltirgan Tribuna.uz muxbiri.

Avvalroq, Italiya nashrlari «Roma» mavsum yakunida Shomurodov bilan xayrlashishi mumkinligi haqida yozishgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi joriy mavsum A Seriyada 21 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi O‘FA tomonidan Namanganda o‘tkaziladigan «Navruz Cup-2022» turniri yarimfinalida dastlab, 25 mart kuni Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushsa, 29 mart kuni Uganda yoki Tojikiston milliy jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Mourino bilan munosabati avvalgidek emasligini tan oldi