Namanganda “Navruz Cup-2022” xalqaro kichik turniri davom etyapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk uchrashuvda Qirg‘ig‘istonni 3:1 hisobida mag‘lub etib finalga chiqdi. Endi hal qiluvchi bellashuvda Ugandaga qarshi qiziqarli o‘yin bo‘ladi.
Vakillarimiz qirg‘izistonliklarga qarshi uchrashuvni ko‘ngildagidek boshlay olmadilar. Keyinchalik vaziyatni o‘ngladilar. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Igor Sergeyev ikkita gol urdi va muxlislarni g‘alaba bilan quvontirdi. Shu bois Sports.uz muxbiri Sergeyev bilan suhbatda bo‘ldi.
- Igor, Qirg‘izistonga qarshi o‘yin to‘g‘risida nima deya olasiz?
- O‘yindan olgan taassurotlarim juda ijobiy va biz g‘alaba qozondik. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Lekin voqealar rivoji shunday yakun topdiki, oxirigacha kurashdik hamda gollar urishga muvaffaq bo‘ldik. Shu sababli g‘alaba qozonganimizdan juda xursandmiz. Tabiiyki, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bizga madad berdi. Ular o‘yinni o‘z foydamizga hal qilishimizda yordam berishdi.
- Zaxiradan maydonga tushib ikkita gol urgan holda g‘alabaga katta hissa qo‘shdingiz. Shunday bo‘lishini sezganmidingiz?
- Nima desam bo‘ladi, men hujumchiman. O‘zimga berilgan imkoniyatning har bir daqiqasidan maksimal foydalanishga harakat qilaman. Menga qancha vaqt berishadi, bundan unumli foydalana olamanmi-yo‘qmi, bunisi endi boshqa masala. Xudoga shukurki, Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvda ikkita gol urdim. Qulay imkoniyatlar paydo bo‘ldi va men buni ijobiy yakunladim. Shu sababli umid qilmagandim, deya olmayman. Agar 10 soniyaga bo‘lsa ham maydonga tushadigan bo‘lsam, gol urishga harakat qilaveraman. Murabbiy kimni asosiy tarkibda tushirishni va kimlarni zaxirada qoldirishni o‘zi biladi. Qanday ko‘rsatmalar berishni ham o‘zi biladi. Masalan, Qirg‘iziston bilan bellashuvda meni qancha vaqt zaxirada qoldirishni va qancha daqiqaga maydonga tushirishni o‘zi hal qildi.
- Adashmasam, terma jamoamiz safida oxirgi ikki yildan beri gol ura olmay kelayotgandingiz. Bu safar esa zaxiradan maydonga tushib ikkita gol urishga erishdingiz...
- Ochig‘i, ikki yil oldin gol urganmanmi-yo‘qmi, buni eslay olmayman. Lekin ikkita gol urganimdan juda xursand bo‘ldim. Tabiiyki, bu o‘zimga yanada yaxshiroq ishonch bag‘ishlaydi. Shu bois bu vaziyatda ortiqcha gapga hojat yo‘q.
- Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv oldidan futbolchilar o‘zlarini biroz bo‘shashtirishdimi?
- Yo‘q. O‘zimni bo‘shashtirdim deya olmayman. Biz odatiy ravishda, doimgidek tayyorgarlik ko‘rdik. Aytishim kerakki, barchasi yuqori darajada bo‘ldi. Faqat boshida xatolikka yo‘l qo‘yganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik. Ammo tezda o‘zimizga keldik hamda ustunlikni o‘z qo‘limizga oldik, shu bilan g‘alabaga erishdik.
- Namangandagi turnir tashkilotchiligi va stadiondagi muhit borasida nima deya olasiz?
- Kecha aytganimdek, yaxshi hamki shunday turnirni tashkil qilishdi. Raqobat ham yuzaga keldi. Bu oddiy o‘rtoqlik uchrashuvlari emas, balki o‘ziga xos turnirdir. Bu yerda hamma o‘ynashni va g‘alaba qozonishni xohlaydi. Shunga yarasha jamoalar faqat birinchi o‘rinni egallashni istashadi. Shu bois bunday turnir futbolchilar uchun ham qulay. Hammasi yaxshi, zo‘r tashkillashtirilgan. Menda hech qanaqa e’tiroz yo‘q. Mana shunday turnirlarni tashkil qilinayotganidan mamnunman. Umid qilamanki, keyinchalik jamoalar soni ko‘payadi.
- O‘zbekiston chempionatida zo‘r hujumchilar qolmayapti. Buni Srechko Katanetsni ushbu turnirga faqat legioner hujumchilarni chaqirganidan ham bilish mumkin. Bu borada nima deysiz?
- Ha, legionerlar taklif qilingan. Ular ham avval faoliyatini O‘zbekistonda boshlashgan. Bizda ham salohiyatli, yaxshi saviyadagi hujumchilar bor. Hujumchilarni yaxshi yoki yomon deyishga mening haqqim yo‘q. Bu turnirga murabbiy shu tarkibni yig‘di. Keyingi safar boshqa hujumchilarni ham taklif qilishi mumkin.
- Katanetsni qanchalik tushunyapsizlar? Uning uslubini to‘liq o‘zlashtiryapsizlarmi? Ya’ni, sizlardan nimani talab qilyapti?
- Tabiiyki, ideal narsa bo‘lmaydi. Hamma doimo yuqorini ko‘zlaydi. Balki uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarayotgan yoki noto‘g‘ri qilayotgandirmiz. Bizdan nima talab qilayotgan bo‘lsa, shuni bajarishimiz kerak. Taktikalarini tushunyapmiz, bajaryapmiz. Har kuni mashg‘ulotlarda shuning ustida ishlayapmiz va o‘yinimizni kuchaytirish ustida harakat qilyapmiz.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz