Kolbi Kovington: "Konorni 10 tadan 10 marta mag‘lub etaman"

Kolbi Kovington: "Konorni 10 tadan 10 marta mag‘lub etaman"
UFC jangchisi Kolbi Kovington ikki vazn toifasidagi sobiq chempion Konor Makgregorning yarim o‘rta vaznga o‘tmoqchi ekanligi haqidagi fikrga javob qaytardi.

"O‘ylashimcha, u o‘zini maqtab, atrofida shov-shuv qilishga harakat qilmoqda. Konor haqiqiy erkaklar vazniga kelib, haqiqiy erkaklar bilan jang qilmaydi.

U ajoyib jangchi. Makgregor o‘zi uchun yaxshi ishlarni amalga oshirdi, biroq yarim o‘rta vazn uning divizioni emas. U g‘alaba qozonish imkoniyati nolga teng bo‘lgan janglarda qatnashmaydi. Unda bunday jasorat yo‘q.

Agar real qarasangiz, men uni 10 tadan 10 marta mag‘lub etaman
", - dedi Kovington.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar