
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda dastlabki gol 16-daqiqada Sahob Rashidov nomiga yozib qo‘yildi. Mezbonlar 83-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Umarali Rahmonaliyevning penaltidan urgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi. 90+3-daqiqada Avazbek O‘lmasaliyev "qaldirg‘ochlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Dinamo" ochkolari soni 1 taligicha qoldi. Samarqandliklar hozircha 13-pog‘onadan joy olgan.
"Bunyodkor" hisobida 7 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 5-o‘rinni egallab turibdi.
"Bunyodkor" - "Dinamo" 2:1
Gol: Umarali Rahmonaliyev (83), O‘Llmasaliyev (90+3) - Sahob Rashidov (16)
"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Davronjon Ergashev, 5.Dilshod Jo‘rayev (7.Odiljon Abdurahmonov, 46), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 8.Fransis Narx, 10.Rasul Yo‘ldoshev, 29. Muzaffar Olimjonov (14.Husayn Ergashboyev, 73), 33.Umarali Rahmonaliyev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Gbadamosi (22.Usmonali Ismonaliyev, 46), 88.Jahongir O‘rozov (99.Umid Sultonov, 73).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 2.Sardor Xursandov, 3.Mahmud Mahamadjonov, 21.G‘ayrat Azizxo‘jayev, 37.Muhammadodil Qahramonov.
"Dinamo": 12.Miloye Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Temur Ismoilov ( 9.To‘lqin Ergashev, 87), 15.Jo‘rabek Mannonov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Jasur Jumayev, 22.Abdujamol Isroilov, 70.Oybek Nurmatov (31.Saydullo Rahmatov,75), 11. Sahob Rashidov (78.Aleksandr Glishich, 87), 88.Yevgeniy Chumak.
Zaxira: 35.Aslonbek Ahrorov, 10.Shohmalik Komilov, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 19.Islom Sharipov, 30.Jasurbek Umarov, 97.Fahriddin Alimov.
Ogohlantirishlar: Oybek Nurmatov (14), Jahongir O‘rozov (15), Temur Ismoilov (65), U. Rahmonaliyev (88)
Chetlatish: Abdujamol Isroilov ("Dinamo", 64)
Amalga oshirilmagan penalti: I.Tomiva (35).
BunyodkorDinamoO‘zbekiston SuperligasiUchrashuv natijalariGol mualliflariG‘alaba hisoblari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar