00:24 / 01.04.2022
974

Baxtiyor Ashurmatov: "Hali bunaqangi shiddatli o‘yin ko‘rmagandik"

Baxtiyor Ashurmatov: "Hali bunaqangi shiddatli o‘yin ko‘rmagandik"
“Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Metallurg”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Avvalambor, xalqimizni kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. Bugun murabbiy sifatida shiddat, yakkakurashlar va yana boshqa jihatlar bo‘yicha futbolchilar men xohlagan o‘yinni ko‘rsatishgani uchun qoniqdim deya olaman. Jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatgani uchun o‘yinchilarimizdan minnatdormiz. Hali bunaqangi shiddatli o‘yin ko‘rmagandik. Shunaqangi yuqori tepmni keyingi uchrashuvlarda ham saqlab qolamiz, degan umiddaman. “Metallurg” yaxshi qarshilik ko‘rsatdi.

Birinchi bo‘lim to‘liq ustunligimiz ostida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda qandaydir vaziyatlarda to‘pning nazorati raqib tarafiga o‘tib ketdi. Himoyachilarimiz va darvozabonimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatgani sababli g‘alabani ushlab qoldik. Qarshi hujumlarda ikkinchi golni kiritish imkoniyatimiz ham bo‘ldi. Uchrashuv oxirigacha futbolchilarimiz muxlislarimiz va biz murabbiylar shtabini tahlikada ushlab turishdi. Asosiysi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Birinchi bo‘limda jangovar o‘yin ko‘rsatdik. Quvondiq Ro‘ziyevning haqiqiy futbolini ko‘rdik. Afsuski, o‘tgan yili “Navbahor”da o‘ynaganidan keyin biroz o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgandi. Ammo unga ishonchim cheksiz. O‘z o‘yinini topib olishi uchun qancha kutish kerak bo‘lsa, tayyor edim. Bugun Quvondiq Ro‘ziyev va Javohir Sidiqov maydon markazida yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Bilol Toshmirzayevni ham bugun yaxshi saviyadagi o‘yinini ko‘rdik. Aslida o‘yinchilarimiz uchta tur davomida hali o‘z darajalarida to‘p surishmagandi. Ularning imkoniyati hozirgidan yuqori.

“Metallurg” ham kurashdi va biz g‘alabadan mahrum bo‘lib qolishimiz ham mumkin edi. Tanaffusda yigitlarga himoyaga yotib olmaslikni, pressing qilishlarini aytdik. Lekin doim biz xohlagan narsa bo‘lavermaydi. 70-daqiqalardan xavotirga tusha boshladim. Shu bois hujumni kuchaytirishni xohladik va ikkita hujumchini tushirdik. Tarkibimizda Ro‘ziyev, Rahmatullayev, Sidiqov kabi mohir yarim himoyachilarimiz borligi uchun birinchi raqamda o‘ynashimiz kerak va to‘pni o‘zimizda saqlashimiz lozim deb o‘ylayman.

Murod Xolmuhammedovning jarohati bor edi. Toshkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushmagandi. Bugun ukol yordamida maydonga tushib jamoamizga yordam berishga qaror qildi. Futbolchimizning sog‘ligi biz uchun muhim. O‘yindan oldin so‘raganimizda yordam beraman deb aytgandi. Afsuski, jarohatini yangilab oldi. Toshkentda rentgen qildirganimizdan keyin muxlislarimizga ma’lumot berishimiz mumkin.

O‘zbekiston Kubogida o‘tgan yilgi xatolarni takrorlamaymiz va oxirigacha kurashamiz. Asosiysi, guruhdan chiqish vazifasi bor. O‘z oldimizga kamida finalga chiqishni maqsad qilganmiz, - deydi Ashurmatov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Hali bunaqangi shiddatli o‘yin ko‘rmagandik"