13:46 / 02.04.2022
1 314

O‘tkir Yusupov = Zinedin Zidan

O‘tkir Yusupov = Zinedin Zidan
"Paxtakor" va "Navbahor" o‘yinidan keyin nimalar bo‘lganini ko‘pchilik ko‘rib ulgurdi. Ko‘rmaganlar uchun qisqacha ma’lumot: "Navbahor" darvozaboni O‘tkir Yusupov bahs tugagach "Paxtakor" formasidagi bir yigitni do‘pposlashga harakat qildi. O‘sha yigit "Paxtakor" fan klubi yetakchisi Javohir Shokirov edi.

Nima uchun Yusupov uni urmoqchi bo‘ldi? Chunki Javohir o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ("Paxtakor" oldinga chiqib olgach) maydon chetida to‘pni duch kelgan tomonga tepib yubordi. Stadionga borganlarning aytishicha bu holat kamida uch marta sodir bo‘lgan. Yutqazayotgan va har soniya xuddi soat kabi o‘tayogan "Navbahor" futbolchilari esa xayron edilar. O‘tkir Yusupov esa bahs tugagach o‘sha tepib yuborilgan to‘plar hisobini olishga harakat qildi.

Men O‘tkirni ham, Javohirni ham yaxshi taniyman. Ular ham meni tanishadi. Ammo jurnalist sifatida ikkalasining kechagi harakatlarini oqlay olmayman, faqat jurnalist sifatida. Inson sifatida esa O‘tkir Yusupovning o‘rnida bo‘lganimda o‘zim ham xuddi shunday qilgan bo‘lardim va keyingi jazolar haqida umuman o‘ylab o‘tirmasdim. O‘z vaqtida Zinedin Zidan ham deyarli shunga o‘xshash ish qilganini juda yaxshi bilasiz. Keyinchalik asli voqea qanday bo‘lganini eshitgan 99 foiz odamning (Xojiboy Tojiboyevning ham) fikri bir xil edi - "Zidan prav!"

Bir so‘zli, qiyinchilik ko‘rgan hamda or-nomusi kuchli bo‘lgan O‘tkir Yusupov ham o‘zini tutib tura olmadi va Zidanning ishini takrorlashga urindi. Katta ehtimol bilan endi yoki jarima to‘laydi yoki diskvalifikatsiya oladi balki ikkalasi ham bo‘ladi. Buni Yusupovning o‘zi ham bilib turibdi deb o‘ylayman, lekin shunga qaramay menimcha u kechagi ishidan afsusda emas. Har holda Zidan ham "kalla qo‘ygani" uchun bir soniyaga bo‘lsa ham afsusda bo‘lmagan.

Javohirning harakatlari ham muxlislikka xos emas va u ham menimcha jazoga tortiladi. Balki "Paxtakor" klubi ham jazolanar, ko‘ramiz.

Yakuniy fikrim shunday: Futbol o‘z vaqtida kimdir aytganidek oddiy o‘yin emas, ehtiroslar o‘yini va unda shunday vaziyatlar ham bo‘lib turadi.

Ramazon oyi muborak bo‘lsin.

Muallif: Narzulla Saydullayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘tkir Yusupov = Zinedin Zidan