
Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" bahsi (0:1) nihoyasiga yetdi. "Nasaf" hamda O‘zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev uchrashuvning 65-daqiqasida yelkasidan og‘ir jarohat oldi. Shundan so‘ng uning o‘rniga Alibek Davronov maydonga tushirildi.
Nasrullayev hozirgi paytda shifoxonada tibbiyot xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Uning jarohati bo‘yicha tafsilotlar tez orada ma’lum bo‘ladi.
Shu tariqa, himoyachi katta ehtimol bilan Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi bahslarida "Nasaf"ga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" 4 aprel kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvlarida qatnashish uchun charter reys orqali Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi va 8 aprel kuni 1-turda Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi maydonga tushadi.
UPD. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘mrov suyagi singan. Hozirgina uning qo‘li gips qilindi. Nasrullayevga tezroq safga qaytishini tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar