Eldor Shomurodov «Roma» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari haqidagi salbiy gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi.
«Sport-ekspress» nashri muxbirining Mourino unga taqiq qo‘ygani haqidagi savoliga Eldor quyidagicha javob bergan:
«Umuman unday emas. Avval qanday bo‘lsa, shunday ishlayapmiz», deya izohlagan hujumchi. Shuningdek, Shomurodov kelasi mavsumda jamoadan ketishi haqidagi gap-so‘zlarni ham inkor etgan.
«Terma jamoa o‘yini paytida o‘zbekcha aytgan gaplarimni italyanchaga noto‘g‘ri tarjima qilishibdi. «Roma»dan ketish haqida hech qachon gapirmaganman. U yerda qolib, nimaga qodirligimni isbotlamoqchiman. Shunchaki hech bir futbolchi maydonga kam tushayotgani uchun rozi bo‘lishi mumkinmas. Men xavotirdaman, lekin bu odatiy xavotir. Hamma futbolchida bunaqa davrlar bo‘ladi. Eng muhimi, sabr va mehnat. Shunaqa qiyin bo‘lishini bilganman», degan Shomurodov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?