22:05 / 06.04.2022
756

Mo‘minjonov: "Dinamo" ham qaysidir yili "Lester ertagi"ni takrorlab, mavsum so‘ngida elitani tark etgandi

Mo‘minjonov: "Dinamo" ham qaysidir yili "Lester ertagi"ni takrorlab, mavsum so‘ngida elitani tark etgandi
O‘zbekiston Kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Kubok bahslarida chiroyli o‘yin ko‘rsatib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Bugungi g‘alaba uchun yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Ular bahs oldidan bergan ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi. Endi bor e’tiborimizni chempionat doirasidagi "Qizilqum"ga qarshi bellashuvga qaratamiz.

Bugungi zafar shogirdlarimga ruhan ijobiy ta’sir qilishi tayin. Hech kimga sir emas, dastlabki turda yaxshi harakat qilib, keyingilarida imkoniyatni boy bergan edik. Qaytib olganimiz yaxshi bo‘ldi. Uni ustiga, Abror Ismoilov ham safga qaytdi va faqat oldinga harakat qilamiz.

Lutfulla To‘rayevning jarohati rejalarimizga ta’sir ko‘rsatgani rost, lekin ularni butunlay o‘zgartirib yubordi, demagan bo‘lardim. To‘g‘ri, u tajribali futbolchi, lekin tarkibda boshqa saviyali futbolchilar yo‘q emas.

Superligadagi mag‘lubiyatlar mavsum uchun qo‘yilgan rejalarni o‘zgartirmaydi. Qaysidir yili aynan "Dinamo" ham chempionatni ketma-ket 4 g‘alaba bilan boshlab, "Lester ertagi"ni takrorlagandi. Biroq mavsum so‘ngida elitani tark etgan. Shu bois, nimadir deyishga hali erta.

Bugun "Dinamo" ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ammo urilgan tezkor gol ularning rejasini o‘zgartirib yubordi deb o‘ylayman".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mo‘minjonov: "Dinamo" ham qaysidir yili "Lester ertagi"ni takrorlab, mavsum so‘ngida elitani tark etgandi