22:39 / 06.04.2022
894

Samvel Babayan: "Qur’a bizga qiziqarli raqiblarni ro‘para qildi"

Samvel Babayan: "Qur’a bizga qiziqarli raqiblarni ro‘para qildi"
O‘zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- O‘zbekiston kubogi musobaqasida qur’a bizga qiziqarli jamoalarni ro‘para qildi. Guruhdagi barcha raqiblarimiz kuchli va nomdor jamoalar hisoblanadi. Dastlabki o‘yindayoq chempionat peshqadami bilan markaziy o‘yinda maydonga tushdik. G‘alabadan xursandmiz, yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Bizga qo‘shimcha ishtiyoq berib turgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- Islom Kenjaboyev nega bugun maydonga tushirilmadi?
- Kenjaboyevda jarohat bor edi. U ketma-ket ikki bor asosiy mashg‘ulotlarimizni o‘tkazib yubordi. Shu sabab bugun uni maydonga tushirib tavakkal qilishni istamadik. Albatta keyingi o‘yinlarda jamoamizga yordam berishiga ishonamiz.

- Elguja Grigalashvilining o‘yini haqida fikringiz qanday?
- Bugun Elguja katta hajmdagi ishni bajardi. Uning o‘yinlaridan hamisha qoniqish hosil qilganman. Elguja jamoamizning liderlaridan biri va bugun ham o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi.

- Superliga va kubok bahslarida jamoa oldidagi aniq maqsad qanday?
- Biz avvalo "Navbahor" nomini, brendini yanada yuksaltirish borasida ishlayapmiz. Superligadagi maqsad joriy mavsumda jamoani OCHL yo‘llanmasiga ega chiqishini ta’minlashdan iborat. Kubok bahslarida ham oldimizda g‘oliblik, finalga qadar yetib borish vazifasi turibdi. Takror aytaman, "Navbahor" brendini yanada yuksaltirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Qur’a bizga qiziqarli raqiblarni ro‘para qildi"