905
"Sepaxon" bosh murabbiyi Muharram Navidkiya: "Paxtakor" kuchli futbolchilarga ega, taktik shakllangan jamoa"
OCHL guruh bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvidan oldin fors klubi bosh murabbiyi Muharram Navidkiya va gruziyalik futbolchi Giorgi Gvelesiani fikrlarini bildirdi.
Muharram Navidkia: - Biz raqibning o‘yinlarini ko‘rdik. Jamoamizdagi ko‘p yillik tajriba mazkur uchrashuvda asqotishi shubhasiz. Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. "Paxtakor" doimiy ravishda O‘zbekistonda chempionlikka davogar klub hisoblanadi. Ular ham yaxshi tayyorgarlik bilan kelgani aniq. Mazkur bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatish va g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. "Paxtakor" ajoyib va kuchli futbolchilarga ega, taktik tomondan yaxshi shakllangan jamoa. Mana shu jihat ko‘p jamoalarga qiyinchilik tug‘diradi.
Bizda mashg‘ulot va tayyorgarlik uchun barcha sharoitlar bo‘ldi. Qolaversa so‘nggi turlarda chempionatimizda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Men futbolchi sifatida "Sepaxon" safida ko‘p bor OCHL bahslarida to‘p tepganman. Endilikda bosh murabbiy sifatida qatnashaman. Bu katta mas’uliyat beradi.
Giorgi Gvelesiani: - Biz musobaqaga shunchaki g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun kelganimiz yo‘q. Bundan tashqari eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatish uchun keldik.
Guruhimiz albatta qiyin. "Paxtakor"ni to‘liq tahlil qildik. Jamoamizning rejalarini hozir ayta olmayman. Eronda baland bo‘yli hujumchilarga qarshi o‘ynashga ko‘nikkanmiz. Lekin jamoamiz raqiblar bilan har tomonlama kurashishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi