1 044
Ro‘ziqul Berdiyev va Sharof Muhitdinov "Al-Sadd"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" OCHL guruh bosqichi birinchi turida "Al-Sadd"ga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda vakillarimiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchi Sharof Muhitdinov ishtirok etdi.
"Hammaga Assalomu alaykum! Ramazon oyi barchaga muborak bo‘lsin! OCHL – bu eng kuchlilar o‘ynaydigan musobaqa. Ertangi raqibimiz nafaqat guruhdagi, balki turnirning favorit jamoalaridan biri hisoblanadi. Ertaga bizni oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Biz bu bellashuvga yigitlar bilan yaxshi tayyorgarlik olib bordik. O‘ylaymanki, yigitlar bahsda ijobiy natijani qo‘lga kiritish uchun bor mahoratlarini ko‘rsatishadi", – dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
- "Nasaf" 2011 yil OFK Kubogini, "Al Sadd" esa OCHL Kubogini qo‘lga kiritgan. OCHL bellashuvlari umuman boshqa yondashuvni talab qiladi. Bu haqda nima deya olasiz?
- O‘n yildan oshiq vaqt o‘tdi. Ko‘p narsa o‘zgardi. Biz OCHL musobaqasi darajasini yaxshi bilamiz. Bu yerda oson o‘yinlar bo‘lmaydi. O‘tgan mavsumda biz OFK Kubogi musobaqasida qatnashgandik. Shuni aniq aytamanki, OCHL turnirining darajasi ancha yuqori va OFK Kubogidan keskin farq qiladi.
- OCHL guruh bosqichi o‘yinlari markazlashgan holatda bo‘lib o‘tmoqda. Guruh bosqichining uchta bellashuvi 7 kun ichida bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinlar sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydimi?
- Pandemiya tufayli biz bunga majbur bo‘ldik. O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri qaror. Albatta, buning qiyinchiligi bor. Ikki hafta ichida oltita rasmiy o‘yin o‘tkazish futbolchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Biz bunga tayyorgarlik ko‘rganmiz. O‘ylaymanki, keyinchalik hammasi o‘z holiga qaytib, o‘yinlar uy-safar tizimida olib boriladi. Biz ham OCHL o‘yinlarini o‘z uyimizda, muxlislarimiz yonida o‘tkazishni juda ham xohlaymiz.
"Ertangi bellashuv juda qiziqarli bo‘ladi deb umid qilaman. Chunki ertangi raqibimizni butun Osiyo yaxshi biladi. Biz ham ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibga hurmat saqlagan holda yaxshi natija qayd etib, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman", – dedi Sharof Muhitdinov.
- Siz o‘tgan mavsumda ham OCHL guruh bosqichida ishtirok etgansiz. Guruh bosqichi o‘tgan mavsumda ham markazlashgan holda o‘tkazilgan edi va bu Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgandi. O‘tgan mavsumda orttirgan tajribangizning foydasi tegadimi?
- O‘tgan mavsumda ham xuddi hozirgiday bellashuvlar Ramazon vaqtiga to‘g‘ri kelgandi. Biz ro‘za tutib, futbol o‘ynaganmiz. Buning ozroq qiyinchiligi bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi