Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Paxtakor" "Sepaxon"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Slavche Voynevski quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- O‘yinni ikkiga bo‘lgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, gol urdik, yaxshi harakatlandik. Biroq ikkinchi bo‘limda standart holatlardan keyin ikki marta qo‘pol xato qildik va hisobda ortda qola boshladik. Keyin oldinga tashlanib, uchinchi golni o‘tkazdik.
Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik yonma-yon yuradi. Xatolarni e’tiborni yo‘qotganimiz bilan izohlagan bo‘lardim. Bu bizga qimmatga tushdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, buning uchun ularga rahmat.
"Al Ta’avun" bilan oson bo‘lmaydi. Guruhda barcha bellashuv og‘ir kechadi, buni o‘yindan oldin ham aytib o‘tgandim. Yaxshi saviyali jamoalar jamlangan guruhdan joy olganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi