
OCHL guruh bosqich 1-turida "Paxtakor" Eronning "Sepaxon"ga imkoniyatni boy berdi - 1:3. Uchrashuvdan so‘ng forslar ustozi Muharram Navidkiya o‘yin borasida fikr bildirdi. OFK rasmiy sayti murabbiyning fikrlarini taqdim etdi.
- "Jamoam bu o‘yinda haqli ravishda g‘alaba qozondi. Lekin ayrim faktlarni keltirib o‘tishim kerak. Misol uchun, birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdik. Taktik tomondan ham o‘yinimiz ko‘ngildagidek chiqqani yo‘q. Ammo futbolchilar ikkinchi bo‘limda o‘ziga keldi va yaxshi harakat qildi. Bir qancha imkoniyatga ega bo‘ldi. Bundan ham yirikroq g‘alabaga erishishimiz mumkin edi. To‘pni ko‘proq nazorat qilib raqib yarim himoyasidagi bo‘shliqlarni ko‘rdik.
Navbatdagi o‘yinlarga qadar tezroq muammolarimizni hal qilib olishimiz darkor. Ya’ni yuqorida aytganimdek uchrashuvning dastlabki qismi borasida ishlashimiz zarur.
Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida jarima zarbalari ustida ishlaganimizni aytib o‘tishim kerak. Raqib ishtirokidagi o‘yinlarning videolarini kuzatish chog‘ida jarima zarbalari, standart vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘yishini, bundan foydalanishimiz mumkinligini aytdim", - dedi «Sepahon» bosh murabbiyi Muharram Navidkiya. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar