
Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi keyingi uchrashuvini "Al-Ta’avun" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Bugun "sherlar" ustozi Voyneski o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:
- "Ta’avun" mezbon jamoa. Ular yangi murabbiy bilan boshqacha o‘ynashni boshlashdi. Raqib hurmatga sazovor jamoa. Ular muxlislari qarshisida yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozonishdi. Biz ikkinchi bahsda vaziyatni o‘nglab, zafar quchishga intilamiz".
- Sepaxan"ning standartlarda yaxshi o‘ynashini bilardik. Futbolda ba’zan shunday bo‘ladi. Kichik xato yoki holat o‘yinni o‘zgartirib yuboradi. Kamchiliklarni ko‘rib chiqib, to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Hamisha jamoa o‘yinini tahlil qilamiz, bunga e’tibor qaratamiz. O‘tgan o‘yinning o‘zida yomon o‘ynamadik, ammo xatolarga o‘zimiz yo‘l qo‘ydik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar